“Sog`liqni saqlash sohasini kompleks rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident qaroriga ko`ra, davlat tibbiy sug`urtasi tizimi joriy etilishini tezlashtirish maqsadida 2021 yil 1 avgustdan boshlab barcha hududlarda bosqichma-bosqich quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshiriladi:
- tibbiy jihozlar, buyumlar, kompyuter texnikasi va boshqa vositalarni xatlovdan o`tkazish, shuningdek, tibbiy xodimlar ro`yxatini shakllantirish;
- tibbiyot muassasalarini kafolatlangan paketga kiritilgan tibbiy xizmatlarni ko`rsatish uchun zarur bo`ladigan tibbiy texnika bilan jihozlash;
- oilaviy shifokor yo`llanmasi asosida kafolatlangan paketga kiritilgan bepul tibbiy xizmatlar ko`rsatish tizimini tashkil etish belgilandi.