«Real» sardori Serxio Ramos yozda jamoasini o`zgartirishi mumkin.
Himoyachiga «Manchester Siti» qiziqmoqda. «Shaharliklar» ustozi Pep Gvardiola ispaniyalik 35 yoshli futbolchining tajribasi va etakchilik fazilatlarini qadrlaydi.
Ramos «Real» bilan shartnomasini uzaytirmasa, ingliz klubi futbolchiga 2 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor. Shuningdek, himoyachiga keyinchalik bitimni yana bir yilga uzaytirish yoki «Nyu-York Siti»da o`ynash imkoniyati ham taklif etiladi.






