2021 yil 3-4 iyun kunlari Qozog`iston Respublikasi Parlamenti Senati Raisi Maulen Ashimbaevning O`zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi bo`lib o`tadi.
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva va Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilovning Qozog`iston Respublikasi Parlamenti Senati Raisi Maulen Ashimbaev bilan uchrashuvlari o`tkazilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, tashrif doirasida “Mustaqillik va ezgulik” monumentiga gul qo`yish, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, “Hazrati Imom”, Shayx Xovandi Tohur majmualari, “Qaldirg`ochbiy” maqbarasi, Texnoparkka tashrif buyurish, ommaviy axborot vositalari uchun matbuot anjumanlari o`tkazish ham nazarda tutilgan.






