1

“Maktab-hayotim” filmining yopiq namoyishi bo`lib o`tdi

Madaniyat 02.06.2021, 08:51
“Maktab-hayotim” filmining yopiq namoyishi bo`lib o`tdi

Bugun Kinematografiya agentligida 1 iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan "Kinomediaklub" davrasida OAV vakillari, mutaxassislar, kinoijodkorlar hamda blogerlar uchun Agentlik buyurtmasiga binoan “Ko’zgu film” studiyasi tomonidan suratga olingan “Maktab–hayotim” badiiy filmining maxsus namoyishi bo`lib o`tdi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar berdi.

Namoyishga film ijodkorlari ham tashrif buyurishdi.  

Tadbir avvalida Agentlik Bosh direktorining birinchi o`rinbosari Shuhrat Rizaev hamda Kinoarboblar ijodiy uyushmasi raisi Matyoqub Matchonov so`zga chiqishdi. Agentlik tomonidan suratga olinayotgan yangi loyihalar, turli janrdagi filmlar haqida so`zlashdi.

Mazkur kinokartinada ijtimoiy muammolar aks ettirilgan bo`lib, o`qituvchilar va o`quvchilar hayoti haqida hikoya qilinadi. Shuningdek, kartina voqealarida turli xarakterdagi o`qituvchilarning kasbiy faoliyatidagi ziddiyatlar va keskin tasodifiy vaziyatlar o`rin olgan.

“Maktab–hayotim” kinokartinasida rollarni Ravshan Jo`raev, Tamara Mirmaqsudova, Abdulaziz Rashidxo`jaev, Abror Yo`ldoshev, Behzod Hamroev va boshqalar ijro etishgan. Ssenariy muallifi Nurillo Abbosxon, postanovkachi rejissyor Ilhom Muhammadibrohimov, operator Muzaffar Yusupov, badiiy rahbar Rashid Malikov, prodyuser Qudratilla Fayzullaev.

Namoyishdan so`ng, film muhokamasi bo`lib o`tdi. Unda mutaxassislar va kinoijodkorlar tomonidan yutuq va kamchiliklar aytib o`tildi. Tez kunda filmning katta premerasi bo`lib o`tadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1