AsosiySiyosat

Qozog`iston Prezidenti Abdulla Aripovni «Do`stik» ordeni bilan taqdirladi

'Qozog`iston Prezidenti Abdulla Aripovni «Do`stik» ordeni bilan taqdirladi'ning rasmi

Qozog`iston prezidenti Qasim-Jomart Toqaev mamlakatlar o`rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish va do`stlik rishtalarini mustahkamlashga qo`shgan hissasi uchun O`zbekiston bosh vaziri Abudulla Aripovni «Do`stik» ordeni bilan taqdirladi.

2 iyun kuni Qozog`iston prezidenti Qasim-Jomart Toqaev O`zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovni qabul qildi, deya xabar bermoqda Qozog`iston prezidenti matbuot xizmati.

Qasim-Jomart Toqaev ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holatiga ijobiy baho berib, dolzarb muammolar oldida yuqori barqarorlikni namoyish etilayotganini qayd etib o`tdi.

«Biz birodar qo`shni O`zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratamiz, buni Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni ta`minlashning juda muhim omili deb bilamiz», — dedi Qozog`iston davlat rahbari.

Abdulla Aripov Qozog`iston tomonidan yaqin yillarda o`zaro savdo hajmini 10 mlrd dollarga etkazish vazifasi qo`yilganini qayd etib, mamlakatlar hukumatlari ushbu marralarni zabt etish yo`lida qat`iy qaror qilganliklarini ta`kidladi.

Uchrashuv yakunida Qozog`iston prezidenti O`zbekiston bilan munosabatlarni rivojlantirish va do`stlik rishtalarini mustahkamlashga qo`shgan ulkan hissasi uchun O`zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovni II darajali darajali «Do`stik» ordeni bilan taqdirladi, deyiladi xabarda.

Eslatib o`tamiz, 24 may kuni prezident farmoniga ko`ra, Abdulla Aripov ko`p yillik fidokorona mehnati hamda 60 yoshga to`lgani munosabati bilan «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangan edi.

Boshqa yangiliklar