Bu haqda AOKAda o`tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etgan Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi boshqarma boshlig`i Dilorom Qo`zieva ma`lumi qildi.
"️ – Prezident qarori bilan xotin-qizlar reabilitasiya markazlari optimallashtirilib, Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi huzuriga o`tkaziladi. Endilikda ular davlat muassasi sifatida faoliyat ko`rsatadi. 1 ta Respublika markazi, 14 ta viloyat markazi va 14 ta namunaviy mintaqalararo markaz, jami 29 ta ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish markazi tashkil etiladi.
Markazlar davlat tomonidan to`liq moliyalashtiriladi.
Hozirgi kunga qadar reabilitasiya markazlariga 4200 dan ortiq fuqaro murojaat qilgan. Ularning 3827 tasi ayol, 169 tasi bola, 209 nafari erkak.
Murojaat qilganlarning 1347 tasi ruhiy, 845 tasi jismoniy, 23 tasi jinsiy, 394 tasi iqtisodiy, 1596 tasi boshqa masalalarda zo`ravonlik holatlaridan shikoyat qilgan.
Qonunchiligimizda zo`ravonlikning 4 ta turi bor: jismoniy, jinsiy, ruhiy, iqtisodiy zo`ravonlik. Lekin bizning tahlillarimiz oilaviy-maishiy zo`ravonlik holalari ham ko`p uchrayotganligi va bunga etarlicha ta`rif berilmayotganini ko`rsatmoqda.
Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi yuqori turuvchi organlarga 2019 yilda qabul qilingan "Xotin-qizlarni tazyiq va zo`ravonlikdan himoya qilish to`g`risida"gi qonuniga tegishli o`zgartirishlar kiritish borasida takliflarini kiritdi.
Murojaatlar tahliliga ko`ra oilaviy zo`ravonlik er-xotin o`rtasida doimiy kelishmovchilik tufayli – 1889 ta holatda;
- uchinchi tomon aralashuvi tufayli zo`ravonlik – 457 ta holatda
- ota-ona va farzand o`rtasida zo`ravonlik – 101 ta holatda aniqlangan", – Dilorom Qo`zieva.