AsosiyDunyo

Husiylar raketasi Ben-Gurion yaqiniga tushdi

Isroil bosh vaziri hozlatga qattiq javob berilishini aytdi.

'Husiylar raketasi Ben-Gurion yaqiniga tushdi'ning rasmi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Ben-Gurion xalqaro aeroporti yaqiniga husiylar tomonidan yo‘llangan raketa hujumiga javoban mamlakat “ko‘p yo‘nalishli” zarbalar berishini ma’lum qildi. Bu haqda Netanyaxu videomurojaat orqali bayonot berdi.

“Biz ilgari ham harakat qilganmiz, bundan keyin ham harakat qilamiz. Bu yagona zarba emas – javobimiz ko‘p bo‘ladi”, — deydi u.

Isroil mudofaa vaziri Isroel Kac ham keskin ogohlantirdi: “Kim bizga zarba bersa, biz undan yetti baravar kuchli javob qaytaramiz”, — deya uning so‘zlarini AFP keltirgan.

NDTV ma’lumotiga ko‘ra, husiylar tomonidan Yaman hududidan uchirilgan ballistik raketa Tel-Avivdagi Ben-Gurion aeroportining 3-terminalidan atigi 75 metr uzoqlikda yerga tushgan. Portlash natijasida yerda 25 metr chuqurlikda krater paydo bo‘lgan.

Voqea ortidan bir qator xalqaro aviakompaniyalar Isroilga parvozlarni vaqtincha to‘xtatgan. Rasmiylar jabrlanganlar haqida ma’lumot bermagan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Rossiyada bolalar harbiy parad o‘tkazdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 00:12

    Rossiyada bolalar harbiy parad o‘tkazdi

    Tadbirda KXDRlik maktab o‘quvchilari mehmon bo‘lgan.

    'Eronda ikki kishi chaqmoq urishi oqibatida halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 04.05.2025 21:01

    Eronda ikki kishi chaqmoq urishi oqibatida halok bo‘ldi

    Bunday holatlar Eronning tog‘li hududlarida tez-tez kuzatiladi.

    'Tunis sobiq bosh vaziri 34 yilga qamaldi'ning rasmi

    Dunyo 03.05.2025 21:04

    Tunis sobiq bosh vaziri 34 yilga qamaldi

    U terrorizmga oid ishda aybdor deb topilgan.

    'AQSH Hindiston va Pokistonni tinchlik sari hamkorlikka chorlamoqda'ning rasmi

    Dunyo 02.05.2025 19:08

    AQSH Hindiston va Pokistonni tinchlik sari hamkorlikka chorlamoqda

    Marko Rubio: Hindiston va Pokiston o‘zaro ishonchni mustahkamlashi zarur.

    'Turkiyada bo‘lgan namoyish ortidan 409 kishi qo‘lga olindi'ning rasmi

    Dunyo 02.05.2025 10:03

    Turkiyada bo‘lgan namoyish ortidan 409 kishi qo‘lga olindi

    Ushlanganlarning ko‘pchiligi Istanbuldagi aksiya ishtirokchilari bo‘lgan.

    'Kashmir: uchta yadroviy davlat uchun kelishmovchiliklar hududi'ning rasmi

    Dunyo 02.05.2025 09:17

    Kashmir: uchta yadroviy davlat uchun kelishmovchiliklar hududi

    Hindiston, Pokiston va Xitoy bilan chegaradosh mazkur hudud qattiq raqobat va hududiy ambitsiyalar makoniga aylandi.