AsosiyJamiyat

Buxoroda ekskavator 64 yoshli ayolni bosib ketdi

Ayol belgilanmagan joydan o‘tayotib, ekskavator ballonlari tagida qoldi.

'Buxoroda ekskavator 64 yoshli ayolni bosib ketdi'ning rasmi

Buxoroda ekskavator yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan ayolni bosib ketdi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Viloyat IIB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, voqea 15 may kuni Buxoro shahar markaziy bozori oldidagi yo‘lda sodir bo‘lgan. Olib borilgan kechiktirib bo‘lmas surishtiruv harakatlari davomida, shu kuni H.I. ismli shaxs o‘z boshqaruvida bo‘lgan ekskavatorda Ibn Sino ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib borayotgan vaqtida bozordan chiqib yo‘lni kesib o‘tayotgan 64 yoshli ayolni ko‘rmay qolib bosib ketgan. Oqibatda ayol voqea joyida vafot etgan.

Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi  (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Buxoro viloyati IIB fuqarolarni  yo‘llarda ehtiyot bo‘lishga, qoidalarga amal qilishga chaqirdi.

    Boshqa yangiliklar