“Xalqaro mehnat tashkilotining Mehnat xavfsizligi va gigienasiga ko`maklashish asoslari to`g`risidagi 187-sonli Konvensiyasini ratifikasiya qilish haqida”gi Qonun (O`RQ–693-son, 04.06.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Eslatib o`tamiz, mazkur Konvensiya 2006 yil 15 iyunda Jeneva shahrida qabul qilingan.
Konvensiyaning asosiy maqsadi ishlab chiqarishda shikastlanishlar, kasbiy kasalliklar va insonlar o`limining oldini olish uchun doimiy ravishda mehnat xavfsizligi va gigienasini takomillashtirishdan iborat.
Bugungi kunda 49 ta davlat Konvensiya ishtirokchisi hisoblanadi.






