AsosiyIqtisodiyot

2030 yilga borib quyosh energiyasi hisobga mamlakatimiz energiya ishlab chiqarish quvvatlari 5 gigavattga oshadi

'2030 yilga borib quyosh energiyasi hisobga mamlakatimiz energiya ishlab chiqarish quvvatlari 5 gigavattga oshadi'ning rasmi

Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.  

Vazirlik joriy yilning sentyabr oyiga qadar 100 megavatt quvvatga ega mamlakatdagi birinchi quyosh fotoelektr stansiyasini foydalanishga topshirishni rejalashtirmoqda.  

Ushbu stansiya Navoiy viloyatining Karmana tumanida BAAning “Masdar” kompaniyasi tomonidan qurilmoqda.

Vazirlik axborot xizmati ta`kidlashicha, bu birgina misol emas. Yaqin kelajakda Samarqand viloyatida yana 100 megavatt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasini foydalanishga topshiriladi.

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Jahon banki (JB) bilan birgalikda O`zbekiston uchun elektr energiyasi ta`minotining o`n yillik rejasi ishlab chiqilgan. Ushbu rejani amalga oshirish natijasida 2030 yilga borib 5 gigavatt quyosh energiyasi, 1,9 gigavatt gidroenergetika va 3 gigavattgacha shamol energiyasini o`z ichiga olgan qo`shimcha energiya quvvatlarini yaratishga xizmat qiladi, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar