1

iPhone 7 korpusining yangi suratlari e`lon qilindi

Hi-tech 14.03.2016, 17:00
iPhone 7 korpusining yangi suratlari e`lon qilindi

Internetda iPhone 7 smartfoni korpusining ilk suratlari paydo bo`ldi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.  

Taxmin qilinishicha, mazkur suratlar smartfonlarp uchun g`ilof ishlab chiqaruvchi Catcher Technology kompaniyasi xodimlari tomonidan tarqatilgan.

Suratlarda iPhone korpusidan uning avvalgi avlodida antenna joylashtirilgan plastik chiziqlar olib tashlangan. Biroq, unda qurilmaning ustki va pastki aylanmalarni ifodalovchi chiziqlar saqlanib qolgan. 

Shuningdek,yangi smartfon korpusida fotokamera moduli uchun mo`ljallangan teshik ham chetroqda joylashgan, uning hajmi ham sezilarli darajada yiriklashgan.

Surat muallifi iPhone 7`ning avvalgi iPhone`ga nisbatan ingichkaroq ekanligini ham aytib o`tgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1