O`zbekiston xorijdan 2021 yilning yanvar–aprel oylarida 628 885 dona mobil telefon import qildi. Bu haqda Davlat statistika qo`mitasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, bu vaqt davomida O`zbekiston xorijdan qiymati 45,4 million dollarga teng bo`lgan 628,9 ming dona mobil telefon import qilgan. Import hajmi esa 2020 yilning mos davri bilan solishtirilganda 399 568 taga oshgan.
Shuningdek, O`zbekiston 10 ta davlatdan telefonlar import qilgan. Ularni eng ko`p import qilgan davlatlar:
- Xitoy — 422,1 ming dona;
- Vetnam — 72,9 ming dona;
- Qozog`iston — 63,5 ming dona;
- Birlashgan Arab Amirliklari — 42,6 ming dona;
- Hindiston — 27,7 ming dona;
- Rossiya — 600 dona;
- Yaponiya — 16 donani tashkil etadi.






