AsosiyIqtisodiyot

“Piramida”lar sotuvga chiqarildi

'“Piramida”lar sotuvga chiqarildi'ning rasmi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o`rinlarda – Davaktiv agentligi) Toshkent viloyati Bo`stonliq tumanidagi “Chorvoq oromgohi” dam olish maskanini 8 ta alohida lotlarga bo`lgan holda ommaviy savdo jarayonlari boshlanganini e`lon qildi.

Davlat aktivlarini sotish ikki bosqichda o`tkaziladi.

Bunda:

birinchi bosqichda – talabgorlar oldindan malakalanadi (saralanadi), jumladan, savdolarda qatnashish uchun talab qilingan hujjatlarning to`liqligi, zakalat puli kelib tushganligi, davlat aktivlaridan kelgusida foydalanish yo`nalishlariga qo`yilgan talabga nisbatan talabgor tomonidan taklif etilgan biznes konsepsiyasi loyihasining maqbul yoki maqbul emasligi ko`rib chiqiladi;

ikkinchi bosqichda – talabgorning tijorat takliflari (sotib olish narxi va to`lovni amalga oshirish muddati) hamda to`lov qobiliyati baholanadi.

Savdoning birinchi bosqichida ishtirok etish uchun talabgorlar 2021 yil 15 iyul soat 18:00 ga qadar (Toshkent vaqti bilan) o`zbek, rus yoki ingliz tillarida (talabgorning ixtiyoriga ko`ra) mazkur e`lonning 1-ilovasi (jismoniy shaxslar 1 a-ilovasi)dagi ariza namunasi to`ldirilib (imzolangan holda), quyidagi hujjatlar bilan yopiq konvertda Davaktiv agentligiga yoki skaner qilingan shakli (kodlangan holda) Davaktiv agentligining quyida ko`rsatilgan elektron manziliga taqdim etiladi:

a) yuridik shaxslar uchun:

yuridik shaxs sifatida ro`yxatdan o`tganligini tasdiqlovchi guvohnoma va uning ustavi nusxalari (talabgor tomonidan tasdiqlangan holda);

hujjatlar topshirilgan sanaga talabgor, uning ta`sischisi va/yoki benefisiarining to`liq ro`yxati (agar to`lovga ta`sischi va/yoki benefisiarning mablag`i jalb etilishi ko`zda tutilayotgan bo`lsa, talabgorning ustav kapitalidagi tegishli ulushlarini va miqdorini ko`rsatgan holda);

davlat aktivlaridan kelgusida foydalanish yo`nalishlariga qo`yilgan talabdan kelib chiqqan holda undan samarali foydalanishning biznes konsepsiyasi loyihasi;

talabgor savdoda ishtirok etishi uchun sotib olishni rejalashtirgan davlat aktivi bo`yicha talabgorning o`zi taklif etayotgan qiymatdan kamida 5 foizi miqdorida zakalat puli mablag`larini Davaktiv agentligining quyida keltirilgan maxsus hisob-raqamiga o`tkazilganligi to`g`risidagi to`lov hujjati nusxasi.

b) jismoniy shaxslar uchun:

soliq to`lovchining identifikasiya raqami (O`zbekiston Respublikasi rezidentlari uchun), pasport ma`lumotlari;

davlat aktivlaridan kelgusida foydalanish yo`nalishlariga qo`yilgan talabdan kelib chiqqan holda undan samarali foydalanishning biznes konsepsiyasi loyihasi;

talabgor savdoda ishtirok etishi uchun sotib olishni rejalashtirgan davlat aktivi bo`yicha talabgorning o`zi taklif etayotgan qiymatdan kamida 5 foizi miqdorida zakalat puli mablag`larini Davaktiv agentligining quyida keltirilgan maxsus hisob-raqamiga o`tkazilganligi to`g`risidagi to`lov hujjati nusxasi.

 

    Boshqa yangiliklar