AOKAda Qurilish vaziri o`rinbosari Shuhratxo`ja Hoshimov, boshqarma boshlig`i Sherzod Sodiqov, Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi bo`lim boshlig`i Alijon Soatov ishtirokida o`tkazilgan matbuot anjumanida ushbu masala yuzasidan tushuntirish berildi:
«Tanlangan masivlarga moliyaviy barqaror, salohiyatli, etarli moddiy texnik bazasiga, mutaxassislarga va etarli tajribaga ega pudrat tashkilotlarini aniqlash maqsadida amaldagi qonunchilikka muvofiq, namunaviy tanlov hujjatlari ishlab chiqildi hamda bugungi kunda mazkur ob`ektlar bo`yicha o`tkazilayotgan tender savdolarida muvaffaqiyatli qo`llanilmoqda.
Shu o`rinda, mazkur tenderlarda ishtirok etish uchun Qurilish-pudrat tashkilotlari reytingida SS va undan yuqori darajada bo`lganlar ro`yxatidan tanlab olinadi.
Mazkur ob`ektlarda uy-joylar qurilishi ustidan davlat nazorati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan olib boriladi».






