1

Apple va Android telefonlarini yo`qotganda asqotuvchi maslahatlar

Hi-tech 16.03.2016, 13:18
Apple va Android telefonlarini yo`qotganda asqotuvchi maslahatlar

Yangi avlod vakillari borgan sari internetga, asosan, mobil qurilmalar orqali kirishga odatlanmoqda. Kompyuterlar orqali bajariladigan barcha ishlarni, masalan, savdo qilish, bank xizmatlaridan foydalanish, ijtimoy tarmoqlarga kirish kabi faoliyatlarning barchasini hozir maxsus dastur-ilovalar yordamida telefon yoki planshet orqali amalga oshirish mumkin. Shunday ekan, ularni ham himoyalashga ehtiyoj borgan sari oshib bormoqda. Quyida mobil qurilmalarni qanday himoya qilish bo`yicha ayrim maslahatlarni beramiz.

MURAKKABROQ PAROL TANLANG!

Telefon yoki planshetingiz ekranini doim parol bilan qulflashga odatlaning. Parolingiz murakkab bo`lishiga diqqat qarating. Ma`lumotlarga qaraganda, mobil telefonlarni qulflash kodi Z-1235789 shaklida yoki U-1478963 ekanligi aniqlangan. Shunday ekan, siz o`zingiz uchun murakkabroq parol tanlashni tavsiya etamiz. Siz shunday qilingki, telefoningiz yoki planshetingizni ishlatmayotgan paytingiz, qurilma ekrani avtomatik qulflanadigan bo`lsin. Telefoningizni begonalarga turli maqsadlar uchun bermang.

ICLOUD XIZMATIDAN FOYDALANING!

Undagi ma`lumotlarni kompyuterga yoki onlayn axborot saqlash saytlariga ko`chirib boring. Masalan, Apple mobil qurilmalarida iCloud xizmati orqali ma`lumotlaringizni onlayn serverlarga ko`chirib o`tkazish va ularni maxsus kodlar yordamida shifrlab qo`yish (encryption) mumkin. Andoid tizimdagi telefon egalari esa Google Drive yoki boshqa axborot saqlovchi xizmatlardan foydalanishlari mumkin.

ShUBHALI DASTURLARNI KO`ChIRMANG!

Nozik va shaxsiy ma`lumotlar mavjud sms-xatlari yoki elektron maktublarni telefoningizda saqlamang. Ularni o`chirib tashlang. Bunday xat yuborganlarni bloklab qo`yishingiz ham mumkin. Shubhali bo`lgan dastur-ilovalarni ko`chirib olmang. Shubhali saytlarga kirmang.

O`Z RAQAMINGIZ BILAN RO`YXATDAN O`TING!

Telegram, Whatsapp Viber kabi dasturlardan yoki Facebook, Odnoklassniki yoki Instagram kabi kabi ijtimoiy tarmoqlardan ro`yxatdan o`tishda faqat o`z telefon raqamingizdan foydalaning. Chunki boshqa birovning raqamidan foydalansangiz, ular shu raqam orqali sizning parolingizni qo`lga kiritishi yoki siz bexabar bu dastur va tarmoqlardagi sizning profilingizga kirib, faoliyatingizni kuzatishi mumkin.

Ko`pchilikni qiziqtirgan savol:

TELEFON YO`QOLGANDA NIMA QILISh KERAK?

Agar telefon yoki boshqa mobil qurilmangiz yo`qolib qolsa, avvalo, qurilmangiz mana shunday holatlarda ko`rish lozim bo`lgan choralarga tayyor turishi kerak. Ya`ni, oldindan uni yo`qolib qolganda amalga oshirish lozim bo`lgan ishlarga tayyorlab qo`yishingiz kerak. Apple va Android telefonlari uchun bu borada alohida maslahatlar:

Apple:

“Telefonimni top” Find my iPhone (http://itunes.apple.com/us/app/find-my-iphone/id376101648?mt=8) xizmatini ishga tushiring. Bu xizmat orqali yo`qolgan telefonning qaerdaligini internet orqali topishingiz mumkin. Shuningdek, ekranini avtomatik qulflab, topib olgan odam sizga bog`lanishi uchun ekranda sizning telefon raqamingiz yoki e-mail manzilingiz ko`rinadigan qilish mumkin. Bundan tashqari, internet orqali telefoningiz ichidagi barcha ma`lumotlarni butunlay o`chirib tashlashingiz ham mumkin. iCloud xizmati orqali barcha ma`lumotlaringizni saqlab boring. Telefoningiz yo`qolgan va qayta topilmagan taqdirda, uning ichidagi barcha ma`lumotlarni iCloud orqali boshqa telefoningizga ko`chirib olishingiz mumkin.

Android:

“Google”ning “Android Device Manager” (www.google.com/android/devicemanager ) xizmati yoki boshqa yo`qolgan telefonni topishga xizmat qiluvchi dasturlar yordamida yo`qolgan telefoningizni topishingiz, uni qulflab qo`yishingiz yoki undagi ma`lumotlarni o`chirib tashlashingiz mumkin. Android qurilmangizdagi ma`lumotlarni ham vaqti-vaqti bilan boshqa joyga saqlab turishni unutmang. Uni komputeringizga yoki yordamchi dastur-ilovalar yordamida onlayn axborot saqlash saytlariga ko`chirib o`tkazib qo`yishingiz mumkin. Androidning ichki sozlamalar (Settings) paneli orqali ham “Google”da ochilgan profilingiz bilan bog`liq barcha ma`lumotlarni saqlab qo`yishingiz mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1