“Buxoro yo`llardan muntazam foydalanish” UK “Davlat xaridlari to`g`risida”gi Qonunining talablariga zid ravishda 2019 yilda 31.413.366.209,0 so`mlik va 2020 yilda 33.420.096.221,0 so`mlik tovarlar auksion savdolarisiz va xizmatlar tanlov (tender) savdolarisiz to`g`ridan-to`g`ri xarid qilish bo`yicha shartnomalar imzolanib xaridlar amalga oshirgan. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi “Buxoro yo`llardan muntazam foydalanish” Unitar korxonasi tomonidan 2019 – 2020 yillar davomida tovar(ishlar, xizmatlar)lar xaridini amalga oshirishda O`zbekiston Resublikasi “Davlat xaridlari to`g`risida”gi va “Raqobat to`g`risida”gi Qonun talablariga rioya etilishi yuzasidan o`rganish o`tkazilgan.
O`rganish “Buxoro yo`llardan muntazam foydalanish” UK tomonidan taqdim qilingan hujjatlar asosida olib borilgan.
Mazkur korxona tomonidan 2019-2020 yillar mobaynida o`z ehtiyoji uchun tovarlarni (qurilish materiallari, ehtiyot qismlar, xo`jalik mollari, dizel yonilg`isi, kanselyariya mollari, mebel anjomlari, yo`l belgilari va boshqa mahsulotlar)xarid qilishda va ob`ektlarda boshqa korxonalarga tegishli bo`lgan mashina–mexanizm va avtotransport xizmatlaridan foydalanishda viloyat va respublika hududida faoliyat olib borayotgan boshqa korxonalar bilan ikki tomonlama tuzilgan shartnomalar asosida olib borilgan.
O`zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to`g`risida”gi Qonunining
16-moddasida byudjet buyurtmachilari, byudjet tashkilotlari, xarid qilish tartib- tamoyillarini amalga oshirish uchun yo`naltiriladigan byudjet mablag`larini oluvchilar, davlat maqsadli jamg`armalari, korporativ buyurtmachilar, davlat korxonalari, Ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo`lgan yuridik shaxslar–davlat xaridlarining sub`ektlari hisoblanishi ko`rsatib o`tilgan. Ushbu moddada davlat buyurtmachisi davlat xaridlarini amalga oshirishda maxsus axborot portaliga e`lon joylashtirishi shartligi, 23-moddasida davlat xaridlari elektron do`kon, auksion, tanlov va tender asosida amalga oshirilishi ko`rsatib o`tilgan.
Mazkur holatlar bo`yicha Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasining Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy hokimiyati organlari va yuridik shaxslar birlashmalarining raqobatni cheklaydigan hujjatlari hamda harakatlarini, shuningdek insofsiz raqobatni taqiqlash bo`yicha qonun hujjatlari buzilganligi to`g`risidagi ishlarni ko`rib chiqish bo`yicha maxsus Komissiyasi Buxoro YMFUK tomonidan qayd etilgan qonunbuzarlikni bartaraf etish va kelgusida mazkur qonun buzilishi holatlariga yo`l qo`ymaslik to`g`risida ko`rsatma berildi.






