O`zbekistonda birinchi HUMO-Mastercard kobeydjing kartalari chiqarildi. Bu haqda Spot.uz ma`lum qildi.
Bunday kartani hozircha faqat “Asaka” Bank va “Anor Bank” da ochish mumkin bo`lsada, tez orada bunday xizmat HUMO to`lov tizimining a`zo bankida mavjud bo`ladi.
Friends and family formatida sinovdan o`tkazilganidan so`ng, O`zbekistonda HUMO-Mastercard kobeydjing kartalari chiqarila boshlandi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati Spot`ga xabar berdi.
Bunday kartani hozircha faqat “Asaka” Bank va “Anor Bank” da ochish mumkin bo`lsada, tez orada bunday xizmat HUMO to`lov tizimining a`zo bankida mavjud bo`ladi.
“Kobeydjing kartasi o`z foydalanuvchilari uchun bir qator afzalliklarga ega. Moliyaviy operasiyalar geografiyasi kengayadi — kobeydjing kartasi Mastercard qabul qilinadigan 210 dan ortiq mamlakatda amal qiladi.
O`z navbatida, men ushbu kartaning bo`lajak egalarini xavfsizlik bilan bog`liq barcha mas`uliyatni o`z zimmalariga olishga va hech qanday holatda firibgarlarning qurboniga aylanmaslik uchun karta fotosuratini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirmaslikka chaqiraman", — dedi MBPM direktori Shuhratbek Qurbonov.
Bunday karta egalari nafaqat POS terminallarida, balki dunyodagi barcha internet-do`konlarida ham O`zbekistonda va mamlakat tashqarisida xaridlarni amalga oshirishi va, albatta, Mastercard logotipi bo`lgan bankomatlardan pul echishlari mumkin.
Bunday kartaga nafaqat Rossiya Federasiyasidan, balki dunyoning boshqa mamlakatlaridan pul o`tkazmalarini darhol olish imkoniyati karta egalarini bank filiallariga qo`shimcha tarzda tashrif buyurish ehtiyojidan xalos qiladi", — deya izohlaydi Mastercard Markaziy Osiyodagi bosh direktori Rafal Trepka.
HUMO- Mastercard kartasi Mastercard debet kartasi asosida an`anaviy plastik va virtual, keyinchalik raqamli karta shaklida chiqariladi. Xizmat tariflari va qo`shimcha funksiyalarni bunday kartani chiqaradigan bank belgilaydi.
Eslatib o`tamiz, 2019-yil dekabr oyida MBPM Mastercard bilan birgalikda HUMO tizimida xalqaro Mastercard kartalari orqali to`lovlarni qabul qilishni boshladi.