O`zbekistonda sabzining narxi tushishi kutilmoqda. Bu xaqda Qishloq xo`jaligi vazirligining Axborot xizmati ma`lumot berdi.
Xabarga ko`ra, mamlakatimiz viloyatlarida erta bahordagi sovuq ob-havo tufayli to`liq etilishi deyarli bir oyga kechikkan ertaki sabzi hosilining yig`im-terim ishlari boshlangan.
Ommaviy terim ishlari iyul oyining dastlabki kunlariga belgilangan. Bu bozorni yangi sabzi bilan to`liq ta`minlanishiga va ushbu sabzavot narxining tushishiga olib keladi.