Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasiga gaz sotgan O`zbekiston endi sotuvchidan xaridorga aylandi. Bu haqda «Interfaks» xabar berdi.
O`zbekiston 2018 yilda «Gazprom»ga 3,8 mlrd kubometr gaz etkazib berdi. 2019 yilda etkazib berish hajmini 4,9 mlrd. kubometrgacha oshirgan va ularni 2020 yilda etkazib berish to`xtatilgandi. 2021 yilning birinchi choragida Rossiya konserniga o`zbek gazi etkazib berilmagan.
Bundan tashqari, 2020 yilda Gazprom turkman gazini O`zbekistonga etkazib berishni boshladi: 2020 yilda 0,9 milliard kubometr gaz etkazib berildi. 2021 yilning birinchi choragida esa 1,5 milliard kubometr (2020 yilning bu davrida etkazib berilmagan) gaz etkazib berilgan.
E`tiborli tomoni, O`zbekiston 2021 yilning birinchi choragida Gazprom/Turkmanistondan Xitoyga eksport qilishi mumkin bo`lgan gazdan (0,54 milliard kubometr) uch baravar ko`proq sotib olgan.






