AsosiySport

O`zbekiston milliy termasi Filippin va Bahraynga qarshi o`yinlarga tayyorgarlikni boshladi

Futbol bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 24 va 29 mart kunlari JCh–2018 musobaqasiga ikkinchi saralash bahsi doirasida o`tkaziladigan so`nggi ikki o`yinga tayyorgarlikni boshladi. 

Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, Samvel Babayan boshchiligiidagi terma jamoa o`yinlarga tayyorgarlik ko`rish maqsadida o`quv mashg`ulotlarni boshladi. Ushbu o`quv mashg`ulotlar poytaxtimizdagi City Palace mehmonhonasida o`tkazilmoqda. 

Qayd etish joiz, 24 va 29 mart kunlari O`zbekiston milliy terma jamoasi JCh–2018 saralashida Filippin va Bahraynga qarshi maydonga chiqadi. Bo`lajak har ikki o`yin Toshkentning “Bunyodkor” stadionida, soat 18:00 da boshlanadi.

    Boshqa yangiliklar