AsosiyIqtisodiyot

Turkiya va O`zbekiston savdo hajmini yiliga 10 milliard dollarga etkazish rejalashtirilmoqda

'Turkiya va O`zbekiston savdo hajmini yiliga 10 milliard dollarga etkazish rejalashtirilmoqda'ning rasmi

Bu haqda kecha, dushanba kuni Toshkentda bo`lib o`tgan Turkiya-O`zbekiston iqtisodiy hamkorlik bo`yicha hukumatlararo komissiya yig`ilishida Turkiya vise-prezidenti Fuat Oktay aytib o`tdi, deya yozdi "Anadolu" agentligi.

"Joriy yilning oxiriga kelib tovar ayirboshlash hajmi 4 milliard dollarni, 2023 yilga kelib esa 5 milliard dollarni tashkil etadi", dedi Oktay.

Uning so`zlariga ko`ra, hozirgi Toshkentga tashrif yakunlari bo`yicha 58 ta banddan iborat bo`lgan Harakat rejasi kelishilgan bo`lib, u ikki turkiy tilli davlatlar o`rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishni nazarda tutadi.

«Muloqotning muhim jihatlaridan biri, shuningdek, Turkiya va O`zbekiston o`rtasida imtiyozli savdo to`g`risida Shartnomani imzolashdir. Anqara Toshkentni har tomonlama qo`llab-quvvatlashga tayyor. Bizning hamkorligimiz hurmat va o`zaro manfaat tamoyillariga asoslanadi. Ishonchim komilki, 2021 yil Turkiya-O`zbekiston aloqalarini rivojlantirish yili bo`ladi ”, dedi Turkiya vise-prezidenti.

Oktay Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`anning joriy yil oxirigacha Toshkentga tashrif buyurishi rejalashtirilganligini aytdi. Bu masala bugun Toshkentda ham muhokama qilindi, dedi u.  

 

    Boshqa yangiliklar