AsosiySport

Nihoyat Ronaldu 5 yoshli falastinlik bolakay bilan uchrashdi

“Real Madrid” jamoasi va shaxsan Krishtianu Ronaldu etim qolgan 5 yoshli falastinlik Ahmad Davabsha bilan uchrashishi haqida xabar bergan edik. 

5 yoshli bolakay o`z kumiri Krishtianu Ronaldu bilan Madrid shahridagi “Santyago Bernabeu” stadioniga tashrif buyurdi. U erda maxsus fotosessiya tashkil etildi. Shundan so`ng Ronaldu o`z imzosi qo`yilgan futbolkani falastinlik kichik muxlisiga sovg`a qildi. 

Eslatib o`tamiz, Ahmad Davabshaning ota-onasi va akasi isroillik ekstrimistlar tomonidan uyushtirilgan portlash oqibatida vafot etgan. 5 yoshli bolakay esa omon qolgan. Ahmad Davabsha dahshatli voqeadan so`ng 10 marotaba jarroh stoliga yotishga majbur bo`ldi. Portlash oqibatida uning tanasidagi aksariyat qismi kuyib ketgan edi.

    Boshqa yangiliklar