1

Oliy ta`limga qabul jarayonlari bilan bog`liq muhim savollarga javob berildi

Jamiyat 30.06.2021, 17:52
Teglar: OTM
Oliy ta`limga qabul jarayonlari bilan bog`liq muhim savollarga javob berildi

Yurtimizda 20 iyundan boshlab 2021-2022 o`quv yili uchun oliy ta`lim muassasalariga qabul jarayonlari boshlangan. 
Davlat test markazi boshqarma boshlig`i Bekzod Toshpo`latov qabul jarayonlari bilan bog`liq dolzarb masalalarga oydinlik kiritdi:

Abiturientlarga ro`yxatdan o`tish jarayonida tanlangan bakalavriat ta`lim yo`nalishlari ustuvorligiga qarab dastlab davlat granti, keyinchalik to`lov-kontrakt asosida tanlovda ishtirok etish bo`yicha qo`shimcha imkoniyat berildi.

Bunda abiturient ustuvorlik sifatida:

Davlat grantini tanlasa - tanlagan barcha ta`lim yo`nalishlarida dastlab davlat granti, so`ngra to`lov-kontrakt asosida;

Davlat granti va to`lov-kontraktni tanlasa - oldingi yillardagi kabi har bir ta`lim yo`nalishida davlat granti va to`lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.

Abiturientlarni ro`yxatga olish 20 iyun kuni boshlangan bo`lib, hozirda abiturientlar my.dtm.uz sayti orqali telefon raqamini avtorizasiyadan o`tkazib, pasport ma`lumotlari, doimiy yashash manzili va tugatgan ta`lim muassasasi bo`yicha ma`lumotlarni kiritishlari, shuningdek, imtiyozlari mavjud bo`lsa, ularni tekshirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo`lsa, sertifikat ma`lumotlarini kiritishlari mumkin.

Davlat test markazi tomonidan “Oliy ta`lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro`yxatdan o`tish bo`yicha videoqo`llanma” ishlab chiqilib, Davlat test markazining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida e`lon qilingan. Abiturientlar mazkur videoqo`llanma bilan tanishib, ro`yxatdan o`tishning barcha bosqichlari haqida to`liq ma`lumotga ega bo`lishlari mumkin.

Prezident qarorida Davlat komissiyasi tomonidan 2021/2022 o`quv yili uchun:

Sog`liqni saqlash vazirligi, Xalq ta`limi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari buyurtmalariga binoan sog`liqni saqlash, xalq ta`limi, veterinariya, tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sohalarida oliy ma`lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo`lgan hududlar uchun davlat buyurtmasi parametrlarining davlat granti asosidagi qabul ko`rsatkichlari doirasida maqsadli qabul parametrlarining tuman (shahar)lar kesimidagi taqsimoti;

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, tizimida oliy ta`lim muassasalari bo`lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida davlat buyurtmasi parametrlarini ta`lim tillariga qarab taqsimoti tasdiqlanishi belgilangan.

Maqsadli qabul parametrlari va davlat buyurtmasi parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanganidan so`ng Davlat test markazining my.dtm.uz saytida 1 kun davomida texnik ishlar olib borilib (oldindan e`lon qilingan holda), qabul parametrlari tizimga kiritiladi.

Shundan so`ng abiturientlar ta`lim yo`nalishlarini tanlashlari mumkin bo`ladi va bu haqida Davlat test markazining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida e`lon qilinadi.

Joriy yilgi qabul jarayonlariga oid muhim masalalardan biri 2021/2022 o`quv yili qabulidan boshlab alohida iqtidor talab etiladigan ta`lim sohalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga o`qishga qabul qilishda abiturientlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlardan so`ng majburiy uchta – ona tili (o`zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O`zbekiston tarixi fanlari bo`yicha Davlat test markazi tomonidan test sinovlari o`tkaziladi.

Yana bir muhim jihat 2021/2022 o`quv yili qabulidan boshlab qonunchilik hujjatlariga muvofiq oliy ta`lim muassasalariga imtihonlarsiz davlat granti asosida o`qishga kirish bo`yicha imtiyozga ega bo`lgan shaxslar umumiy qabul parametrlaridan tashqari qo`shimcha davlat granti asosida o`qishga qabul qilinadi.

Bevosita test sinovlariga tayyorgarlik holatlariga to`xtaladigan bo`lsak, yurtimizda epidemiologik vaziyat davom etayotganligini inobatga olgan holda, Davlat test markazi tomonidan Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan hamkorlikda 2 xil ssenariy ustida ish olib borilmoqda.

1.    Test sinovlarini an`anaviy shaklda katta sig`imli binolarda o`tkazish.

2.    Pandemiya sharoitida test sinovlarini 2020 yildagi kabi ochiq maydonlarda o`tkazish.

Buning uchun test sinovi o`tkaziladigan joylar tanlanib, reja-chizmalari va dislokasiyalari tayyorlandi. 46 830 nafar abiturient uchun mo`ljallangan 96 ta katta sig`imli yopiq bino, 59 040 nafar abiturientga mo`ljallangan 65 ta stadion va xiyobon shular jumlasidandir.

Test sinovlari o`tkaziladigan katta sig`imli binolar va ochiq maydonlar ro`yxati Davlat komissiyasiga kiritildi.

Sharhlar

O`zbekistondagi 30 ta OTM nufuzli xalqaro reytingdan o`rin oldi (ro`yxat)

29.04.2022, 09:42

Oliy ta`lim muassasalarining nufuzli xalqaro reytingi hisoblangan Times Higher Education o`zining 2022 yil uchun Impast reytingi (THE Impact Rankings 2022) natijalarini e`lon qildi. Bu haqda...
O`zbekistondagi davlat va nodavlat oliy ta`lim muassasalari diplomi bir xil kuchga egami? Mutaxassis javob berdi

09.09.2021, 17:52

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat  inspeksiyasi matbuot kotibi Shavkat XO`JAQULOV oliy ta`lim muassasalariga o`qishga kira olmagan abiturient yoshlar va ularning ota-onalaridan kelib...
Qoraqalpog`istondagi uchta maktabning variativ sinfi o`quvchilari deyarli 100 foizlik natija bilan talaba bo`ldi

05.09.2021, 16:52

Amudaryo tumanidagi 40-sonli umumta`lim maktabi variativ sinfining 27 nafar bitiruvchisidan 24 nafari talabalikka qabul qilingan. Ulardan 8 nafari davlat granti, 17 nafari to`lov shartnoma asosida...
​​Test sinovlari natijasi bo`yicha apellasiya shikoyatlarini ko`rib chiqish tartibi haqida ma`lumot berildi

05.09.2021, 09:04

Avvalroq, kirish test sinovlari natijasidan norozi bo`lgan abiturientlar qachondan onlayn apellyasiya shikoyati berishi mumkinligi ma`lum qilgandik.Xo`sh, test sinovlari natijasi bo`yicha apellasiya shikoyatlarini ko`rib chiqish tartibi...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1