O`zbekiston milliy terma jamoasining ikki nafar a`zosi – “Bunyodkor”ning hujumkor yarim himoyachisi Doston Hamdamov hamda “Paxtakor” klubi a`zosi Jaloliddin Masharipov salomatligi borasidagi muammolari sabab terma jamoa lagerini tark etdi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hamdamov davolanish kurslariga ehtiyoji bor bo`lgani sabab terma jamoa bilan mashg`ulotlarni to`xtatishiga to`g`ri keldi va uning o`rniga “Bunyodkor”ning boshqa bir futbolchisi – Akrom Komilov mamlakat asosiy jamoasi mashg`ulotlariga jalb etildi.
Jamoliddin Masharipovni bo`lsa O`zbekiston terma jamoasining mashg`ulotlari davomida jarohati bezovta qildi va unga ham murabbiylar shtabi davolanish uchun javob berishdi.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi navbatdagi o`yinni 24 mart kuni “Bunyodkor” stadionida Filippin terma jamoasiga qarshi o`tkazadi.
29 mart kuni esa aynan shu o`yingohda Bahraynga qarshi maydonga tushadi. Har ikki o`yin ham soat 18:00da boshlanadi.





