“Barselona” jamoasi hujumchisi Lionel Messi Barselona shahrida restoran ochishni ko`zda tutgan. Bu haqda FoxSport xabar bermoqda.
Restoranni ochishda argentinalik futbolchiga restoran biznesida tanilgan aka-ukalar Xuan Karlos, Borxa va Pedro Iglesiaslar hamkorlik qiladi.
Bo`lajak restoran 1 km kvadrat joyni egallaydi. Ushbu majmuadan turli o`simliklar dunyosidan iborat yashil burchak, sartaroshxona, do`kon, gazeta do`koni, bar, cherkov va maydon o`rin oladi.
Restoranda, shuningdek, kinoteatr, o`yin avtomatlari, stol tennisi va boshqa ko`ngilochar joylarda dam olishlari mumkin.





