AsosiySport

“Real Madrid” triosi La Ligada 2013 yildan buyon 200 ta gol kiritdi

Madridning “Real” klubi hujumchilari Krishtianu Ronaldu, Garet Beyl va Benzema “Sevilya”ga qarshi (4:0) kechgan uchrashuvda bittadan gol urib, jamoasining yirik g`alabasiga hissa qo`shdi. 

Shu orqali hujumchilar triosi 2013 yildan buyon birgalikda Ispaniya chempionatida kiritgan gollar sonini 200 taga etkazdi.

Ushbu gollardan 107 tasini Krishtianu Ronaldu, 50 tasini Karim Benzema, 43 tasini esa Garet Beyl kiritgan.

    Boshqa yangiliklar