“Barselona” jamoasi hujumchisi Lionel Messi o`z jamoasini tark etgudek bo`lsa, faqatgina “Manchester Siti”ga yo`l oladi.
Star Sport nashrining xabar berishicha, argentinalik futbolchi “shaharliklar”ning bo`lajak bosh murabbiyi Pep Gvardiola qo`li ostida ishlashni xohlaydi.
Lionel Messining “Barselona” bilan amaldagi kelishuvi 2018 yilning yoziga qadar davom etadi. Ayni damda kataloniyaliklar uning shartnomasini uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda.