AsosiySiyosat

Navbatdagi qabul: Mirziyoev Quvayt tashqi ishlar vazirini qabul qildi

'Navbatdagi qabul: Mirziyoev Quvayt tashqi ishlar vazirini qabul qildi'ning rasmi

Bugun O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev yuqori darajadagi xalqaro konferensiya ishida qatnashayotgan Quvayt Davlatining tashqi ishlar vaziri, Vazirlar Mahkamasi ishlari bo`yicha davlat vaziri shayx Ahmad Nosir al-Muhammad as-Sabohni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari ikki mamlakat o`rtasidagi an`anaviy do`stona munosabatlarni yanada mustahkamlash muhim ekanini ta`kidladi. Quvayt tashqi siyosiy idorasi rahbarining ushbu tashrifi muloqot va almashinuvlarning faollashishiga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

Quvayt tashqi ishlar vaziri O`zbekiston etakchisiga Quvayt Amiri Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Sabohning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini etkazdi hamda Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalari o`rtasidagi o`zaro bog`liqlikni kuchaytirish borasidagi sa`y-harakatlarni har tomonlama qo`llab-quvvatladi.

Uchrashuvda amaliy hamkorlikni, eng avvalo savdo, investisiya va innovasiyalar, moliya, oziq-ovqat xavfsizligi, axborot texnologiyalari, ta`lim va boshqa sohalardagi aloqalarni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Ikki tomonlama Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig`ilishini o`tkazish hamda diplomatik munosabatlar o`rnatilganining 30 yilligi doirasida qo`shma tadbirlar dasturini tayyorlashga kelishib olindi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan konstruktiv ruhda fikr almashildi.

Boshqa yangiliklar