AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Ozarbayjon Respublikasi vakili Shaxin Mustafoevni qabul qildi

'Shavkat Mirziyoev Ozarbayjon Respublikasi vakili Shaxin Mustafoevni qabul qildi'ning rasmi

Toshkent xalqaro konferensiyasi doirasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ozarbayjon Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari Shaxin Mustafoev bilan uchrashuv o`tkazdi.

O`zbekiston va Ozarbayjon o`rtasidagi o`zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, mamlakatlarimizning an`anaviy yaqin va do`stona munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Shaxin Mustafoev davlatimiz rahbariga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Alievning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini etkazdi.

Suhbat chog`ida ikki tomonlama amaliy hamkorlikni kengaytirish, eng avvalo savdo, sanoat, qishloq xo`jaligi, transport va logistiki loyihalarini ilgari surish hamda madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini amalga oshirish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

Bo`lajak oliy darajadagi sammitga tayyorgarlik doirasida Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yig`ilishlarini o`tkazish, birinchi Hududlararo forumni tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Boshqa yangiliklar