AsosiySiyosat

Prezident BMTning Evropa iqtisodiy komissiyasi rahbarini qabul qildi

'Prezident BMTning Evropa iqtisodiy komissiyasi rahbarini qabul qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Toshkent shahridagi yuqori darajali xalqaro konferensiya tadbirlarida ishtirok etayotgan BMT Bosh kotibi o`rinbosari, Evropa iqtisodiy komissiyasi (EIK) Ijrochi kotibi Olga Algaerovani qabul qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Davlatimiz rahbari BMT institutlari bilan keyingi yillarda sifat jihatidan yangi bosqichga ko`tarilgan sheriklik jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Tashkilot mamlakatimizdagi islohotlarga ko`maklashayotgani uchun minnatdorlik bildirildi.

Olga Algaerova O`zbekiston Prezidentiga BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning salomi va yuksak hurmat-ehtirom so`zlarini etkazdi.

Mamlakatimizning global maydondagi nufuzi ortib borayotgani, xalqaro hamjamiyat O`zbekiston etakchisining, shu jumladan Markaziy va Janubiy Osiyo bog`liqligini kuchaytirish bo`yicha tashabbuslarini keng qo`llab-quvvatlayotgani ta`kidlandi.

Ijrochi kotib Orolbo`yini ekologik innovasiyalar va texnologiyalar hududi sifatida e`lon qilish bo`yicha BMT Bosh Assambleyasining rezolyusiyasi qabul qilinganini hamda O`zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun BMT Maxsus komissiyasidagi (SPEKA) raisligini yuksak baholadi.

Uchrashuvda O`zbekiston va EIK o`rtasida Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish va pandemiya oqibatlarini engib o`tish borasida, jumladan, iqtisodiyot, savdo va transport, innovasiyalar, ekologiya va boshqa sohalar bo`yicha o`zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

    Boshqa yangiliklar