Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o`zaro bog`liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» yuqori darajadagi xalqaro konferensiyasi doirasida o`tkazilgan «C5+1» muloqot formati yig`ilishi yakunlari bo`yicha Qo`shma bayonot qabul qilindi.
Eslatib o`tamiz, Toshkent uchrashuvida Markaziy Osiyo davlatlari delegasiyalariga Qozog`iston Bosh vazirining o`rinbosari Muxtor Tleuberdi, Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin, Vazirlar Mahkamasi raisining o`rinbosari-Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Qirg`iziston tashqi ishlar vazirining birinchi o`rinbosari Nuran Niyazaliev boshchilik qildi. Amerika AQSh Prezidentining ichki xavfsizlik bo`yicha maslahatchisi Elizabet Shervud-Rendall tomonidan taqdim etildi.
Hujjat muqaddimasida «Ushbu Qo`shma bayonot matni 2021 yil 15-16 iyul kunlari Toshkentda bo`lib o`tgan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o`zaro bog`liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» yuqori darajadagi xalqaro konferensiyasi munosabati bilan Qozog`iston Respublikasi, Qirg`iziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston Respublikasi, O`zbekiston Respublikasi va Amerika Qo`shma Shtatlari hukumatlari tomonidan ma`qullandi”, deya qayd etilgan.






