AsosiySport

Ronaldu futboldan ketgach nima bilan shug`ullanishini aytdi

“Real Madrid” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so`ng nima ish bilan shug`ullanishini aytib o`tdi. 

U futboldan ketgach o`zini moda biznesiga bag`ishlaydi.

“Moda menga yoqadi. Men chiroyli kiyinib yurishni va doimo ko`rkam bo`lishni xohlayman. Mening shaxsiy CR7 brendim rivojlanishda davom etmoqda. Hozircha moda asosiy maqsadim emas, ammo faoliyatimni yakunlagandan so`ng o`zimni modaga to`la bag`ishlayman”, – deb yozadi Ronaldu o`zining “Tvitter”dagi sahifasida. 

Ma`lumot uchun, joriy mavsumda Krishtianu Ronaldu La Liga bahslarida 28 ta, EChL uchrashuvlarida esa 13 ta gol kiritgan.

    Boshqa yangiliklar