AsosiyDunyo

"BioNTech" va "Pfizer" vaksinalari koronavirusning delta shtammiga qarshi samarasiz deb topildi

'"BioNTech" va "Pfizer" vaksinalari koronavirusning delta shtammiga qarshi samarasiz deb topildi'ning rasmi

Bu haqda Isroil Sog`liqni saqlash vazirligiga tayanib ISRAland xabar bermoqda.

Ta`kidlanishicha, vaksinasining 2 ta dozasi bilan to`liq emlanganlarda «delta» shtammidan himoyalanish 64 foizni tashkil qilgan.

Bu ma`lumotlarni «BioNTech» kompaniyasi ham tasdiqlagan. Uning xabariga ko`ra, vaksinaning 2 dozasi olingandan keyin olti oy o`tib «delta» shtammiga qarshi samaradorlik susaygan.  

Ayni paytda, kompaniya o`z vaksinasining 3-dozasini ishlab chiqarish bo`yicha ishlamoqda. Mazkur doza koronavirusning «delta» shtammiga qarshi samarali bo`lishini ta`kidlashmoqda.

 

Isroil dunyoda birinchilardan bo`lib o`z aholisining katta qismini koronavirusga qarshi emlashga ulgurgan edi. 18 iyul kunida aholining 66 foizi vaksinaning birinchi komponentini, 60,4 foizi esa ikkala komponentini ham olishga ulgurgan. Shuningdek, Isroilda aholi asosan Pfizer va AstraZeneca bilan emlangani aytilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar