AsosiySiyosat

Emomali Rahmon Shavkat Mirziyoevni tug`ilgan kuni bilan tabrikladi

'Emomali Rahmon Shavkat Mirziyoevni tug`ilgan kuni bilan tabrikladi'ning rasmi

24 iyul kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi. Bu haqda Prezident xizmati xabar bermoqda. 

Suhbat avvalida Tojikiston Prezidenti davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan tabriklab, O`zbekistonning ko`p millatli xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.

Joriy yilning 10-11 iyun kunlari Tojikiston Respublikasiga rasmiy tashrif yakunlari bo`yicha qabul qilingan bitim va kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko`rib chiqildi.

Mintaqa kun tartibi, shu jumladan Afg`onistondagi vaziyatning rivojlanishi yuzasidan fikr almashildi.

O`tgan haftada Toshkentda o`tgan Markaziy va Janubiy Osiyo bog`liqligi bo`yicha xalqaro konferensiyaning muvaffaqiyatli natijalari yuksak baholandi.

Kelgusi oyning boshida Turkmanistonda mintaqa davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvini hamda joriy yilning sentyabr oyida Tojikistonda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitini o`tkazishga tayyorgarlik masalasi muhokama qilindi.

Mavzuga doir:

"Yaratganning O`zi Sizning zimmangizga nechog`lik mashaqqatli yumush yuklaganini ko`rib turibmiz" Yaqinlari Prezidentni tug`ilgan kuni bilan tabrikladi

    Boshqa yangiliklar