Bugun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning tavallud kuni ekan haqida xabar bergan edik.
Shu munosabat bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, davlat va jamoat arboblari Prezidentimizni tabriklashmoqda. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jumladan, quyidagilar qutlov yo`lladilar:
XXR Raisi Si Szinpin
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin
Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog`an
Qozog`istonning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboev
Qozog`iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev
Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov
Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon
Qirg`iziston Prezidenti Sadir Japarov
Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev
Janubiy Koreya Prezidenti Mun Chje In
Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi
Ushbu tabriklarda Prezidentimizning mamlakatimiz taraqqiyoti yo`lidagi oqilona siyosati va sa`y-harakatlari, mintaqaviy va global miqyosdagi tashabbuslarining ahamiyati e`tirof etilib, davlatimiz rahbari va xalqimizga eng ezgu tilaklar bildirilgan.






