AsosiySiyosat

Qonunchilik palatasi cpikeri Turkiya parlamenti raisi bilan telefon orqali muloqot qildi

'Qonunchilik palatasi cpikeri Turkiya parlamenti raisi bilan telefon orqali muloqot qildi'ning rasmi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddinjon Ismoilov Turkiya Respublikasi Buyuk Millat Majlisi raisi Mustafo Shentop bilan telefon orqali muloqot qildi.

Turkiya parlamenti raisi M.Shentop hozirgi kunda ikki davlat o`rtasida parlamentlararo, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda an`anaviy do`stlik va sherikchilikka asoslangan hamkorlikni rivojlantirishga imkon beradigan konstruktiv va ochiq munosabat o`rnatilganligini qayd etdi.

Muloqotda ta`kidlanganidek, ikki davlat rahbarlarining samimiy do`stligi o`zaro aloqalarning yanada yaxshilanishiga xizmat qilmoqda.

M.Shentop Turkiy davlatlar ichida O`zbekistonning o`rni beqiyosligi, Markaziy Osiyo davlatlari orasida ham nufuzi, madaniy meroslarga boyligi bilan muhim ahamiyatga ega ekanini, Turkiya O`zbekistonni o`zi uchun qat`iy va ishonchli sherik sifatida bilishini aytib, o`zbek tomonining Turkiy tilli davlatlar Parlamentlararo Assambleyasiga a`zo bo`lishi bo`yicha sa`y-harakatlarini yuqori baholadi.

Muloqot chog`ida tomonlar joriy yilning 31 may – 3 iyun kunlari Islomobod shahrida o`tkazilgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) Parlament Assambleyasining 2-Bosh konferensiyasi hamda 23-24 iyun kunlari Buxoro shahrida o`tkazilgan Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda global parlamentlararo hamkorlik xalqaro forumi, ularning ahamiyati haqida fikr almashdilar.

Qayd etilishicha, bu kabi forumlar o`zaro tajriba almashish, parlamentlar o`rtasida aloqalarni kuchaytirish, barqaror rivojlanish sohasida yangi usul va vositalar ishlab chiqish, sohada nazariy va amaliy tajriba almashishda o`ziga xos maydon bo`lib xizmat qiladi.

Turkiya parlamenti raisi O`zbekiston Respublikasining yaqinlashib kelayotgan davlat mustaqilligining 30 yilligi bilan ham qutladi.

Suhbatdosh O`zbekistonda amalga oshirilayotgan keng miqyosli yangilanishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni yuqori baholab, ikki tomonlama do`stlik va ko`p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilayotgan e`tiborni alohida ta`kidlab o`tdi.

Muloqotda ikki davlat parlamentlari o`rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi.

Boshqa yangiliklar