AsosiySport

Ilk oltin medal: Ulug`bek Rashitov Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni!

'Ilk oltin medal: Ulug`bek Rashitov Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni!'ning rasmi

Tokio-2020 Olimpiya o`yinlarida delegasiyamiz hisobiga ilk medalni taqdim qilgan taekvondochimiz Ulug`bek Rashitov biroz avval final jangini o`tkazdi. Vakilimiz unda amaldagi jahon chempioni britaniyalik Bredli Sindenga qarshi dayanga chiqdi.

O`ta keskin va murosasiz kurashlarga boy bo`lgan bellashuvda hamyurtimiz 34:29 hisobini qayd etdi va Rashitov oltin medalga sazovor bo`ldi. Eslatib o`tamiz, Ulug`bek Rashitov shu tariqa taekvondochilarimiz orasida Olimpiya o`yinlarida medal qo`lga kiritgan ilk vakilimizga aylandi. Uning g`alabasi esa nafaqat keyingi kun dasturlarida ishtirok etadigan vakillarimiz, balki o`sib kelayotgan yosh taekvondochilarimizga ham katta motivasiya bo`ladi.

Boshqa yangiliklar