Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi “PSJ” hujumchisi Zlatan Ibragimovichni sotib olishga harakat qiladi, deb xabar bermoqda Star Sport nashri.
Manbaning ta`kidlashicha, mankunianliklar 34 yoshli shvesiyalik futbolchini qo`lga kiritish uchun 24 mln funt (qariyb 30 mln evro) to`lashga tayyor. Agar Zlatan “MYu”ga o`tishga rozilik bersa uning haftalik maoshi 250 ming funt (316 ming evro)ni tashkil qiladi.
Kelishuv amalga oshsa, Zlatan Ibraimovich “Orzular Tearti”da eng ko`p maosh oluvchi futbolchiga aylanadi. Ayni damda Ueyn Runi (300 ming evro) klubda barchadan ko`p maosh oladi.
Shvesiyalik 34 yoshli hujumchiga Londonning bir yo`la ikki klubi – “Chelsi” va “Arsenal” ham qiziqish bildirmoqda.





