AsosiyJamiyat

Senat ekoligiya bilan bog`liq qonunlar ijrosini muhokama qildi

'Senat  ekoligiya bilan bog`liq qonunlar ijrosini muhokama qildi'ning rasmi

Joriy yil 28 iyul kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Orolbo`yi mintaqasini rivojlantirish masalalari qo`mitasining majlisi bo`lib o`tdi. 

Majlisda parlament yuqori palatasining o`n  ettinchi yalpi majlisida ko`rib chiqilishi rejalashtirilgan masalalar dastlabki tarzda muhokama qilindi.

Bundan tashqari, “Ekologik ekspertiza to`g`risida”gi va “Ekologik nazorat to`g`risida”gi qonunlarning ijro etilishi holati, huquqni qo`llash amaliyotini o`rganish va qonunosti hujjatlari qabul qilinishi yuzasidan amalga oshirilgan monitoring natijalari muhokama markazida bo`ldi.

Ta`kidlanganidek, “Ekologik nazorat to`g`risida”gi Qonun 2013 yilda qabul qilingan. O`tgan davr mobaynida mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan bir qator qonun hujjatlari qabul qilindi. Shundan kelib chiqqan holda mazkur Qonundagi mavjud huquqiy bo`shliqlarni bartaraf etish, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishini, davlat ekologik dasturlari va boshqa ekologik dasturlarning amalga oshirilishi yuzasidan o`tkaziladigan monitoring va tekshirishlar tadbirkorlar moliyaviy xo`jalik faoliyatiga daxl qilmasligi sababli xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning faoliyatini tekshirishlar maxsus vakolatli organning qaroriga binoan rejali tekshirishlardan alohida belgilash maqsadida taklif etilmoqda.

Senat a`zolari “Ekologik ekspertiza to`g`risida”gi Qonun yuzasidan alohida to`xtalib, hozirgi kunda xalqaro standartlar va normalar, xorijiy mamlakatlar tajribasi tahlili ushbu Qonunda huquqiy bo`shliqlar mavjudligini ko`rsatayotganligini ta`kidladi. Shu bilan birga, shaharsozlik va er qonunchiligining rivojlanishi, texnik reglamentlar joriy qilinishi davlat ekologik ekspertizasi sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishni talab etayotganligini qayd etdi.

Shuningdek, majlisda Qo`mitaga yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlar ham batafsil ta`lil qilindi.

Murojaatlarning asosiy qismini nafaqa tayinlash, sog`liqni saqlash, ta`lim, mahalla fuqarolar yig`inlari, davlat va xo`jalik boshqaruvi hamda mahalliy hokimiyat organlari faoliyatidan norozilik, sud, huquqni muhofaza qilish organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatidan norozilik, kredit olishda yuzaga kelayotgan muammolar, uy-joy bilan ta`minlashdagi muammolar kabi masalalar tashkil etayotganligi alohida qayd etildi.

Majlisda ko`rib chiqilgan masalalar yuzasidan Qo`mitaning tegishli qarorlari qabul qilindi.

Boshqa yangiliklar