AsosiyJAMIYAT

"Kоronavirusga davo topgan ovchi" yuzasidan ma`lumot berildi (foto)

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Parkent tumani Qiziltog` shaharchasida istiqomat qi...

'"Kоronavirusga davo topgan ovchi" yuzasidan ma`lumot berildi (foto)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Parkent tumani Qiziltog` shaharchasida istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan Qizil kitobga kiritilgan turli xildagi noyob hayvonlar noqonuniy ovlanib, go`shtlari “COVID-19”ga davo sifatida sotilayotgani haqida xabar tarqaldi.

Toshkent viloyati hokimligining surishtiruvi davomida fuqaro 2005 yildan buyon ovchilar jamiyati birlashmasiga a`zoligi hamda sport va havaskorlik tarzida qonunda belgilangan tartibda ovchilik faoliyati bilan shug`ullanib kelishini ta`kidlab o`tgan.

 Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarda keng munozaraga sabab bo`lgan mazkur fotosuratlar fuqaroning 2012-2015 yillar davomida Rossiya Federasiyasida Ovchilik xo`jaligida faoliyat olib borgan davrlarida olinganligi hamda dastlab uning o`zi tomonidan ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilganligi aniqlangan.

Shuningdek, fuqaroning ta`kidlashicha, joriy yil 24 iyul kuni o`rta yoshli shaxs tomonidan unga qo`ng`iroq qilinib, onasi betobligi tufayli jayra yoki bo`rsiq go`shti kerakligi so`ralgan. Fuqaro qo`ng`iroq egasiga hozirda ov mavsumi yopiqligi uchun ovchilik faoliyati bilan shug`ullanmayotganligini, ov mavsumi boshlanganda shunday hayvonlardan qonuniy ravishda o`lja olsa, so`ralgan nimtani etkazib berishi mumkinligini ma`lum qilgan.

Hokimlik jurnalist va blogerlardan asoslanmagan hamda eski ma`lumotlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylab, yolg`on shov-shuvlarni tarqatmaslikni so`ramoqda.

Boshqa yangiliklar