Bugun, 2 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmatining navbatdagi brifingi bo`lib o`tdi.
Unda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov davlatimiz rahbari ishtirokida joriy haftada kutilayotgan muhim tadbirlar haqida jurnalistlarga ma`lumot berdi.
Unga ko`ra, bu haftada ham bir qator tadbirlar kun tartibiga kiritilgan. Jumladan, Toshkent shahrida issiqlik ta`minoti tizimlarini modernizasiya qilish bo`yicha taqdimot hamda hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o`sish sur`atlarini ta`minlash masalalari bo`yicha videoselektor o`tkazilishi rejalashtirilgan.
Juma kuni Prezidentimiz Turkmanistonning Avaza shahrida bo`lib o`tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi maslahat uchrashuvida ishtirok etadi.






