Davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini, mintaqaviy va xalqaro darajadagi aloqalarni muhokama qildilar.
Avval erishilgan kelishuvlarning bajarilish holati ko`rib chiqildi. Ijobiy o`sish sur`atlarni davom ettirish uchun yangi loyihalar ishlab chiqish, chegaradosh hududlar va ishbilarmonlar o`rtasidagi aloqalarni faollashtirish kerakligi ta`kidlandi.






