AsosiySiyosat

USAID O`zbekistonlik o`quvchilar uchun 5.5 mln AQSh dollari ajratadi

'USAID O`zbekistonlik o`quvchilar uchun 5.5 mln AQSh dollari ajratadi'ning rasmi

Bugun, 6 avgust kuni poytaxtning Uchtepa tumanidagi 14-umumta`lim maktabida O`zbekiston Xalq ta`limi vazirligi va AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) vakillari ishtirokida uchrashuv bo`lib o`tdi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligining Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Uchrashuvda Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov, AQShning O`zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Deniel Rozenblyum hamda USAIDning O`zbekistondagi vakolatxonasi direktori Mikaela Meredit ta`lim sifatini takomillashtirishdagi o`zaro hamkorlik haqida fikr bildirdi.

4o9a1344.jpg

Jumladan, tadbirda USAID bilan 2019 yilning sentyabrida 50 million AQSh dollarigacha bo`lgan grant shartnomasi imzolangan bo`lib, mazkur grant shartnomasini amalga oshirish maqsadida hozirga qadar 19.5 million AQSh dollari miqdorida loyihalar amalga oshirilayotgani alohida ta`kidlandi. Bugun esa mazkur hamkorlik doirasida o`quvchilarda tadbirkorlikka oid bilim va ko`nikmalarni rivojlantirishga oid qo`shimcha kelishuv imzolandi.

Mazkur bitim asosida, xalq ta`limi tizimiga 5.5 million AQSh dollari miqdoridagi qo`shimcha grant mablag`lari jalb qilinishi ko`zda tutilgan. Bu mablag`lar 8-11-sinf o`quvchilarida tadbirkorlik va biznes yuritishga doir bilim-malakalarini shakllantirishga yo`naltiriladi.

4o9a1379.jpg

Shuningdek, uchrashuvda AQSh elchisi tomonidan Xalq ta`limi vazirligiga «Barkamollik uchun ta`lim dasturi» doirasida 10 million AQSh dollari miqdoridagi “Cambridge University Press” xalqaro nashriyotida chop etilgan O`zbekistonda milliy o`quv dasturiga moslashtirilgan 1-11-sinflar uchun ingliz tili, 5-11-sinflar uchun AKT bo`yicha xorijiy darsliklar va o`qituvchilar uchun qo`llanmalar topshirildi.

Mazkur darsliklar Sirdaryo va Namangan viloyatlaridagi 200 dan ortiq umumta`lim maktablarida 2021-2022 o`quv yilida tajriba-sinov bosqichidan o`tkaziladi. So`ngra 2022-2023 o`quv yilidan boshlab umummilliy miqyosda joriy qilinishi rejalashtirilgan.

4o9a1363.jpg

Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov AQShning O`zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi va USAID Xalqaro taraqqiyot agentligiga O`zbekiston maktablarida ingliz tili hamda AKT bo`yicha sifatli ta`lim berilishida hamkorlik qilayotgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Tadbir yakunida OAV xodimlari mazkur loyiha doirasida matbuot anjumani tashkil etildi va berilgan savollarga Xalq ta`limi vaziri hamda AQShning O`zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi tomonidan batafsil javob berildi.

4o9a159725.jpg

So`ngra tadbirga tashrif buyurgan barcha mehmonlar 14-sonli maktab faoliyati, ulardagi to`garaklar bilan yaqindan tanishtirildi.

4o9a1706.jpg

Shu o`rinda aytish joizki, ushbu maktab 1984 yilda qurib, foydalanishga topshirilgan bo`lib, 2019-2020 o`quv yilida kapital ta`mirlanguniga qadar, maktab binosi avariya holatida va ta`lim sifati ham past darajada hamda 0.4 koeffisientda faoliyat yuritgan (o`quvchi soni 476 nafar).

    Boshqa yangiliklar