AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev prezidentlik saylovlarida O`zLiDeP partiyasidan qatnashadi

'Shavkat Mirziyoev prezidentlik saylovlarida O`zLiDeP partiyasidan qatnashadi'ning rasmi

O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasi 2021 yilgi prezidentlik saylovlariga amaldagi prezident Shavkat Mirziyoevni nomzod sifatida ko`rsatmoqchi ekanligini e`lon qildi. Bu haqda partiya markaziy kengashining navbatdan tashqari plenumida ma`lum qilindi.

O`zLiDeP Siyosiy Kengashi a`zolari xalqimizni yangi marralarga etaklashga qodir bo`lgan, o`zining butun hayoti va mehnat faoliyatini O`zbekistonimizning yanada taraqqiy topishiga bag`ishlagan, yurtdoshlarimiz orasida juda katta hurmat, obro`-e`tibor qozongan inson – Shavkat Miromonovich Mirziyoevni O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo`lajak nomzod sifatida ko`rsatishni bir ovozdan qo`llab-quvvatladilar.

    Boshqa yangiliklar