AsosiySiyosat

Abdulla Aripov: "Shavkat Mirziyoev fidoiy, mard, serg`ayrat va tafakkuri kuchli shaxs"

'Abdulla Aripov: "Shavkat Mirziyoev fidoiy, mard, serg`ayrat va tafakkuri kuchli shaxs"'ning rasmi

Bugun, 7 avgust kuni O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasining navbatdan tashqari plenumi bo`lib o`tdi. Unda O`zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ham ishtirok etdi.

Bosh vazirning so`zlariga ko`ra, O`zbekistonda butunlay yangicha iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy-ma`naviy, ilmiy-ma`rifiy iqlim paydo bo`ldi.

“Xo`sh, mamlakatimiz bunday maqtanishga arzigulik natijaga qanday erishdi? Erishilayotgan natijalarga aslo qoniqmaslik, muvaffaqiyatlarga mahliyo bo`lmaslik, mavjud ahvolni haqqoniy, ishlarni muntazam tanqidiy baholashga, o`zlarining va jamoalarining oldiga tinimsiz bir-biridan murakkab vazifalar qo`yib, doim marrani baland olishga da`vat qilgan hurmatli Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoevning qat`iy siyosiy irodalari va shaxsiy namunalari bilan erishdik.

Biz juda tez amalga oshirilayotgan o`zgarishlarga ko`nikib qoldik. Ularning mohiyatini anglashga ulgurmayapmiz. Go`yo, Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo`lida qilinayotgan mislsiz islohotlar aynan shunday bo`lishi kerakdek va shu ishlar o`z-o`zidan bo`layotgandek qabul qilyapmiz. Aslida, buning zamirida, davlatimiz oldida turgan dolzarb muammolarni aql-idrok bilan echa oladigan, fidoyi, mard, serg`ayrat va tafakkuri kuchli bo`lgan shaxsning – hurmatli Shavkat Miromonovichning qat`iyatlari mujassamdir”, dedi Abdulla Aripov.

    Boshqa yangiliklar