AsosiySiyosat

Prezidentning haftalik ish grafigi ma`lum qilindi

'Prezidentning haftalik ish grafigi ma`lum qilindi'ning rasmi

Ayni payda O`zbekiston Milliy matbuot markazida  O`zbekiston Prezidentining matbuot kotibi Sherzod Asadov ishtirokida brifing bo`lib o`tmoqda.

Prezident matbuot kotibi dalat rahbarining joriy haftada ishtirok etishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida ma`lum qildi. 

Unga ko`ra:

Bu haftada ham bir qator tadbirlar kun tartibiga kiritilgan. Bugun neft va gaz sohalari bo`yicha yig`ilish o`tkazilishi mo`ljallangan.

Shuningdek, hafta mobaynida Toshkent viloyatida ishlab chiqarish sohalarini rivojlantirish, Surxondaryo viloyatida ichimlik suvi ta`minotini yaxshilash hamda yo`l bo`ylarida amalga oshiriladigan loyihalar bo`yicha taqdimotlar rejalashtirilgan.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimiz tadbirkorlari bilan ochiq muloqotiga ham qizg`in tayyorgarlik ko`rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar