AsosiyJamiyat

Haydovchilarning mastlik holati qanday aniqlanadi?

'Haydovchilarning mastlik holati qanday aniqlanadi?'ning rasmi

Haydovchilarning mastlik holati qanday aniqlanadi?

Adliya vazirligining yangi qonun hujjatlari, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma`lumotlar taqdim etuvchi maxsus kanali bu haqida ma`lumot berdi.

Unga ko`ra, quyidagi holatlarda mastlik holati aniqlanishi mumkin:

●  haydovchining og`iz bo`shlig`idan alkogol hidi kelsa;

●  haydovchi bir holatda to`g`ri tura olmasa (chayqalib turishi);

●  haydovchining nutqi buzilsa;

●  haydovchi qo`l barmoqlari qaltirasa;

●  haydovchi yuz terisi rangi sezilarli o`zgargan bo`lsa.

 Alkogoldan mastlik holati qanday aniqlanadi? 

Bu 2 xil usulda amalga oshiriladi: 

➖ maxsus texnik vosita – alkotester yordamida;

➖ tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasalarida tibbiy tekshiruvdan o`tkazish orqali.

 Qachon alkotester, qachon tibbiy tekshiruv qo`llaniladi?  

Haydovchilarning alkogolli ichimliklar ta`siridan mast holatda ekanligini aniqlash alkotester yordamida qoidabuzarlik yuz bergan joyning o`zida amalga oshiriladi. Haydovchi alkotester yordamida tekshiruvdan o`tishdan bosh tortgan yoxud unda alkotester orqali tekshiruv natijalariga e`tiroz mavjud bo`lgan hollarda haydovchi tibbiy tekshiruvdan o`tkaziladi.

 Mastlik holatini tekshirishda xolislar bo`lishi kerakmi?

— Ha, kamida 2 nafar xolis bo`lishi shart. Agar, davlat yo`l harakati xavfsizligi xizmati xodimi kuzatuv kamerasi (body camera)dan foydalangan holda tekshiruvni o`tkazgan bo`lsa, xolis bo`lishi shart emas.

 Tekshiruvdan o`tishdan bo`yin tovlasa nima bo`ladi?

Ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 1 yilu 6 oydan 3 yilgacha bo`lgan muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi va 3 mln 675 ming so`m miqdorida jarimaga tortiladi).  

Xuddi shunday huquqbuzarlik transport vositalarini boshqarish huquqi bo`lmagan shaxs tomonidan sodir etilsa, 7 mln 350 ming so`m miqdorida jarima yoki 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi qo`llaniladi.

 Shaxs qachon alkogol mahsulot ta`sirida mast bo`lgan deb topiladi?

➖ haydovchi tomonidan chiqarilgan havodagi etanol bug`lari konsentrasiyasi ko`rsatkichi 0,135 milligramm va undan yuqori bo`lgan hollarda (alkotester yordamida aniqlanadi);

➖ alkogol mahsulotining qondagi konsentrasiyasi 0,3 promille va undan ortiq bo`lganda (tibbiyot muassasasida aniqlanadi).

 

 Tibbiy tekshiruv xulosasiga nisbatan e`tirozlar mavjud bo`lsa-chi?

Bunday holda haydovchi boshqa tibbiyot muassasasida qayta tibbiy tekshiruvdan o`tkazilishini talab qilishga haqli. Qayta tibbiy tekshiruvdan o`tkazish mastlik alomatlari aniqlangan yoki yo`l-transport hodisasi sodir etilgan vaqtdan e`tiboran 2 soat ichida boshqa yaqin masofada joylashgan tibbiyot muassasasida amalga oshiriladi.  

 Mastlik holati tasdiqlanganda qanday javobgarlik chorasi qo`llaniladi?

Ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 1 yilu 6 oydan 3 yilgacha bo`lgan muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi va 6 mln 125 ming so`m miqdorida jarimaga tortiladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik transport vositalarini boshqarish huquqi bo`lmagan shaxs tomonidan sodir etilsa, 9 mln 800 ming so`m miqdorida jarima yoki 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi qo`llaniladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar