AsosiySavol-javob

Ta`tildagilarga dekret puli to`lanadimi?

Byudjet tashkilotlarda ishlaydigan ayol bola parvarishlash uchun berilgan ta`til tugamasdan yana homilador bo`lib qolsa, “dekret” puli to`lanadimi?

Nigora Kenjaeva, Naoiy viloyati

Savolga O`zbekiston Respublikasi Mehnat vaziri o`rinbosari Bahodir NIZOMOV javob beradi:

—O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 233-moddasiga muvofiq, ayollarga tuqqunga tqadar etmish kalendar kuni va tuqqanidan keyin ellik olti, tug`ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug`ilgan hollarda etmish kalendar kun muddati bilan homiladorlik va tug`ish ta`tillari berilib, davlat ijtimoiy sug`urtasi bo`yicha nafaqa to`lanadi. 

Homiladorlik va tug`ish ta`tili jamlangan holda hisoblab chiqilib, tug`ishga qadar amalda bunday ta`tilning necha kunidan foydalanganidan qat`i nazar ayolga to`liq beriladi. 

Shuningdek, Adliya vazirligi tomonidan 2002 yil 8 mayda 1136-son bilan davlat ro`yhatidan o`tgan “Davlat ijtimoiy sug`urtasi bo`yicha nafaqalar tayinlash va to`lash tartibi to`g`risida”gi Nizomning 46-bandiga muvofiq, xodim yillik — asosiy va qo`shimcha ta`tilda va bolani parvarishlar uchun ta`tilda bo`lgan vaqtda homiladorlik va tug`ish bo`yicha ta`til berilganda, nafaqa homiladorlik va tug`ish bo`yicha ta`tilning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasida ko`rsatilgan barcha kunlari uchun berilishi belgilangan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar