AsosiySiyosat

Olimpiya o`yinlarida yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylarni mukofotlash to`g`risida Prezident Farmoni qabul qilindi

'Olimpiya o`yinlarida yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylarni mukofotlash to`g`risida Prezident Farmoni qabul qilindi'ning rasmi

Tokio shahrida bo`lib o`tgan XXXII yozgi Olimpiya o`yinlarida yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotlash to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni qabul qilindi.

Mamlakatimizda olimpiya harakatini rivojlantirish, xalqimiz o`rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga qo`shayotgan ulkan hissasi, ayniqsa, hozirgi murakkab pandemiya davrida yuzaga kelgan sinov va qiyinchiliklarga qaramasdan, el-yurtimiz oldidagi farzandlik burchiga sodiq qolib, azmu shijoati, yuksak iroda va mahoratini, vatanparvarlik fazilatlarini yaqqol namoyon etgani, Yaponiyaning Tokio shahrida bo`lib o`tgan XXXII yozgi Olimpiya o`yinlarida O`zbekiston sharafini munosib himoya qilib, yuqori natijalarga erishgani, Vatanimizning xalqaro miqyosdagi obro`-e`tiborini oshirish, yoshlarimizni ona yurtga muhabbat, milliy g`urur va iftixor tuyg`ulari ruhida tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari uchun:
1. Quyidagilar mukofotlansin:

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan

Jalolov Bahodir Isomiddin o`g`li    -    Boks bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

«O`zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan

Djuraev Akbar Xusnidilla o`g`li    -    Og`ir atletika bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

Rashitov Ulug`bek Ismatullaevich    -    Taekvondo bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

«O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan sportchi» 
faxriy unvoni bilan

Abduraxmonov Bekzod Maxamadjanovich    -    Erkin kurash bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

Bobonov Davlat Husniddin o`g`li    -    Dzyudo bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

«O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan sport ustozi» 
faxriy unvoni bilan

Abduraxmanov Muzaffar Maxamadjonovich    -    Erkin kurash bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

Kabinov Istam Ashurovich    -    Buxoro viloyati Kogon shahar bolalar va o`smirlar sport maktabi boks bo`yicha murabbiysi

Qilichev Farruh Komilovich    -    Toshkent viloyati Chirchiq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati boks bo`limi bosh murabbiysi

Qobulov Nurali O`ktamovich    -    Dzyudo bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

Mirzadjanov Farxod Mirxamitovich    -    O`zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi og`ir atletika bo`yicha murabbiysi

Rasulov Elshod Yunusovich    -    Boks bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

Xan Pavel Afanasevich    -    Taekvondo bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

Chusovitina Oksana Aleksandrovna    -    Gimnastika bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

I darajali «Sog`lom avlod uchun» ordeni bilan

Zoirov Shaxobidin Shokirovich    -    Boks bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

Qilichev To`lkin Maxmurovich    -    Boks bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi 

Maxmudov Shaxrillo Sharipovich    -    Og`ir atletika bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

«Do`stlik» ordeni bilan

Kamilov Azizjon Yakubjanovich     -    O`zbekiston dzyudo federasiyasi raisi

Nazlimov Vladimir Aliverovich    -    Qilichbozlik bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

Polatov Saken Djetibaevich    -    O`zbekiston boks federasiyasi raisining birinchi o`rinbosari

Sayidov Ramziddin Beshimovich    -    Dzyudo bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

Tashmatov Sherzod Rixsibaevich    -    O`zbekiston taekvondo assosiasiyasi raisi

«Jasorat» medali bilan

Dayibekova Zaynab Kazbekovna    -    Qilichbozlik bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

Mirzaxalilov Mirazizbek Mirzakarim o`g`li    -    Boks bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi 

Raximova Tursunoy Farxod qizi    -    Boks bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

«Kelajak bunyodkori» medali bilan

Abduraximov Rasuljon Shuxrat o`g`li    -    Gimnastika bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

Voronina Ekaterina Aleksandrovna    -    Engil atletika bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

Zokirova Nilufar Obidjon qizi    -    Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

Keldiyorova Diyora Baxtiyor qizi    -    Dzyudo bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

Qodirova Rayhona Yusuf qizi    -    Boks bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

Nabieva Muattar Abdullajon qizi    -    Og`ir atletika bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

Rafalovich Nikita Igorevich    -    Taekvondo bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

Raxmatova Dilnoza Bakir qizi    -    Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

Sadullaeva Safina Erkinovna    -    Engil atletika bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

Toxirova Muhtasar Jahongir qizi    -    O`q otish bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

«Shuhrat» medali bilan

Alimova Dilrabo Axmadjonovna    -    O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston 24» telekanali «Ijtimoiy-huquqiy va sport dasturlari» muharririyati sport bo`limi mudiri

Kayumov Aziz Ilxamovich    -    Dzyudo bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi shifokori

Mirzadiyarov Rustam Islamovich    -    Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi katta murabbiysi

Muslimov Obiddin     -    Og`ir atletika bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi manual terapiya bo`yicha mutaxassisi

Rasulov Komiljon Kuddusovich    -    Boks bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi shifokori

Ergashev Adxamjon Abdullajon o`g`li    -    Og`ir atletika bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

Yulchiev Sunnatulla Tuychibaevich    -    Respublika sport tibbiyoti ilmiy amaliy markazi sport tibbiyoti bo`limi shifokori 

Yunusov Mas`udjon Alimdjonovich    -    Taekvondo bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi bosh shifokori

2. Vazirlar Mahkamasi Olimpiya o`yinlarida yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylarga belgilangan tartibda ilovaga muvofiq pul mukofoti berilishini ta`minlasin.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti                                 Sh.Mirziyoev

    Boshqa yangiliklar