AsosiyMadaniyat

O`zbekiston «Ipak yo`li durdonasi» xalqaro kinofestivaliga tayyorgarlik ko`rmoqda

'O`zbekiston «Ipak yo`li durdonasi» xalqaro kinofestivaliga tayyorgarlik ko`rmoqda'ning rasmi

Kecha O`zbekiston Bosh vaziri o`rinbosari – turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov boshchiligida O`zbekiston Prezidentining «Toshkent xalqaro kinofestivalini qayta tiklash va o`tkazish to`g`risida»gi qarori ijrosini ta`minlash masalalariga bag`ishlangan yig`ilish bo`lib o`tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Turizm va sport vazirligi ma`lumotiga ko`ra, yig`ilishda joriy yilda bo`lib o`tadigan kinofestivalga tayyorgarlik ishlari, shuningdek, milliy kinematografiya, kinokompaniya va kinoteatrlar tarmog`ini rivojlantirish masalalari ko`rib chiqildi.

Davlatimiz rahbarining qaroriga binoan, Toshkent xalqaro kinofestivali  Kinematografiya agentligi tomonidan  2021 yildan boshlab har yili 28 sentyabr - 23 oktyabr kunlari «Ipak yo`li durdonasi» nomi ostida o`tkaziladi.

Eslatib o`tamiz, 1968-1997 yillarda Osiyo, Afrika, va Lotin Amerikasi mamlakatlari Toshkent xalqaro kinofestivali o`tkazilgan.

    Boshqa yangiliklar